Yosh olimlar 1-jild 20-son (2023) · 102–105-betlar

AQLLI SHAHAR INFRATUZILMASIDA QOS (XIZMAT KO’RSATISH SIFATI) KO’RSATKICHLARI BO’YICHA ILMIY ISHLARNI TAHLIL QILISH

Miraliyeva, N.M.

DOI: 10.70413/yo-v01-i20-p1-028 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Bu tadqiqotning maqsadi Aqlli shahar mavzusida nashr etilgan nufuzli xalqaro ma’lumotlar bazasida keltirilgan ilmiy ishlarni umumlashtirishdir. Axborot bazasi sifatida Researchgate va Cyberleninka nashrlaridan foydalanilgan. Ularni tizimlashtirish uchun nashrlarni tanlashda “aqlli shahar” kalit so’zidan foydalanildi. Maqolada aqlli shaharlar rivojlanishini hal qilishda yordam beruvchi bir qator tegishli sohalar ko’rib chiqildi. Ularga zamonaviy jamiyatning barcha sohalarini raqamlashtirishning jadallashuvi, hududlar urbanizatsiyasi sabab bo’ladi. Ushbu ishda tadqiqot daraxtini qurishda ana shu jihatlar asosiy xususiyat sifatida yoritilgan. Olingan natijaning ilmiy yangiligi aqlli shaharlar mavzusidagi tadqiqotlarni tizimlashtirish va ushbu bilim sohasidagi asosiy rivojlanish tendentsiyalarini aniqlashdadir.

Aqlli shahar, QoS ko’rsatkichlari, kontsepsiyalar, tendensiya, tahlil, IoT, 5G smart city, raqamlashtirish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.