Yosh olimlar 2-jild 10-son (2024) · 76–79-betlar

ULTRATOVUSH VA UNING TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI

Ahrorov, Ma’ruf, O’ktamov, Ramziddin

DOI: 10.70413/yo-v02-i10-p1-023 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ultratovushning tibbiyot va biologiyada qo‘llanilishi borasida yuqorida keltirilgan misollar bu sohada qilingan barcha tadqiqotlarni o‘z ichiga ololmaydi, chunki ultratovushning qo‘llanish sohasi rang-barang va uni kengaytirish istiqbollari kattadir. Yana ultratovush golografiyasining tibbiyotga kirib kelishi va undan foydalanish yanada yangi diagnostika usullarining paydo bo‘lishiga umid bog‘laydi. Ultratovush lokatsiya usulida uzluksiz va impulsli nurlanishlar qo‘llaniladi. Birinchi holda ikki muhit chegarasidan qaytgan va tushuvchi to‘lqinlarning interferensiyasidan hosil bo‘lgan turg‘un to‘lqinlar kuzatiladi. Ikkinchi holda qaytgan impuls kuzatilib, ultratovushning tekshirilayotgan ob’ektgacha va undan qaytib kelish vaqti o‘lchanadi. Ultratovushning tarqalish tezligini bilgan holda, ob’ektning qanday chuqurlikda joylashgani aniqlanadi.

ultratovush, chastota, muxit, yutilish, tarqalish, tebranish, qizdirish, to’qimalar, ichki a’zo, tekshiruv, ta’sir.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.