Yosh olimlar 2-jild 13-son (2024) · 39–42-betlar
KIBERJINOYATCHILIKDA JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Ravshanbekov, Bekjon
DOI: 10.70413/yo-v02-i13-p1-012 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Sir emaski, hozirgi globallashuv jarayonida jamiyat va davlatning har bir sohasi innavotsion inqilobiy davrni boshdan o‘tkizmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari, robot-texnika, kompyuter vositalari, mobil qurilmalar, shuningdek, suniy intellekt kabilar davlat boshqaruvining deyarli har bir sohasida inson omilini qisqartirib, shaffof va aniq ishlaydigan tizimga bosqichma-bosqich o‘tishga katta xissa qo‘shmoqda. Biroq shuni nazarda tutish lozimki, zamonaviy texnologiyalardan o‘zining g‘arazli maqsadlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida foydalanib kelayotgan kimsalar yo‘q emas. Bundan ko‘rinadiki, texnika sohasidagi ilm-fan yutuqlari har doim ham yaxshilikka xizmat qilib kelmoqda deb aytib bo‘lmaydi. Shu qatorda dunyo hamjamiyati yangi turdagi texnologiyalarning insonlarning hayotiga va erkinliklariga salbiy va ijobiy ta’sirini baholab bormoqda. Axborotlashtirish sohasi va global texno olamning jadal suratlarda rivojlanishi esa jinoyat huquqi tendensiyasida yangi turdagi jinoyat – kiberjinoyatlarning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Ushbu tezisda zamonaviy axborot vositalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik masalalarining ayrim jihatlarini yoritib o‘tilgan.
kiberhujum, kiberxavfsizlik, kibermakon, elektron dalillar, kiberfiribgarlik, kiberterror.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.