Yosh olimlar 2-jild 15-son (2024) · 19–26-betlar
GIYOHVANDLIK BILAN BOG’LIQ HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI TASHKIL ETISH
Ortiqxo’jayev, Sobirjon, Samatov, Samatjon
DOI: 10.70413/yo-v02-i15-p1-005 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Hozirgi kunda jamiyatimizda giyohvandlik bilan bog’liq muammolar tobora ko’payib bormoqda. Sababi shundaki, giyohvandlik va psixotrop moddalarni iste’mol qiluvchi yosh toifasi kichiklashib borib hattoki, maktab yoshiga qadar yetib bordi. Bu esa jamiyatimizning inqiroziga ham sabab bo’lishi mumkin. Jumladan, 12-16 yoshdagi maktab bolalari tomonidan sintetik tarzda tayyorlanadigan inson ongi va markaziy nerv sistemasiga ta’sir etuvchi moddalarni bir yoki ikki marta iste’mol qilish natijasida unga o’rganib qolish holatlari tobora ko’payib bormoqda. Ushbu holatlarni aniqlashda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi, kiberxavfsizlik bosh markazi hamda uning bo’limlari tomonidan monitoring amalga oshirish orqali ularga tegishli “Telegram”, “Instagram” ijtimoiy tarmoqlaridagi guruhlar va kanallarni aniqlash, faoliyatiga chek qo’yish ishlari amalga oshirilmoqda.
giyohvandlik, axborot texnologiyalari, “kuryerlik”, psixotrop, jinoyat, huquqbuzarlik.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.