Yosh olimlar 2-jild 15-son (2024) · 93–95-betlar
TALABA YOSHLARNI TOLERANTLIK RUHIDA TARBIYALASHNING PEDAGOGIK TAMOILLARI
Ro‘ziboyeva, Ma’mura
DOI: 10.5281/zenodo.11383175 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Xususan, bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyati, diniy bag‘rikenglik, konfessiyalararo totuvlik muhiti, o‘z navbatida, fuqarolarimizni, ayniqsa, yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shundan kelib chiqib, 2018-yil 16-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev “Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5416-sonli farmonni imzoladi. Ushbu hujjat Oʻzbekistonda diniy taʼlim tizimining uzluksizligini taʼminlashga qaratilgan: boshlangʻich bosqichdan (oʻrta maxsus islom taʼlim muassasalari yoki madrasalar) oliy va keyingi diniy taʼlimgacha. O‘z navbatida, bu omillar O‘zbekistonda davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.