Yosh olimlar 2-jild 2-son (2024) · 55–57-betlar

AKSIAL-SIMMETRIK TORTISHISH MAYDONI UCHUN PARAMETRIZATSIYA

Xudoyberdieva, Malika, Rustamov, Xurshid, Eshmo’minov, Azizbek

DOI: 10.5281/zenodo.10554303 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Jismning aylanishi, hatto bitta yo‘nalishga bo‘lsa ham, katta darajada Eynshteyn tenglamalarini murakkablashtiradi va ularning aniq yechimlarini olish katta qiyinchiliklarga duch keladi. Hozirgacha  katta astrofizika qiziqishga ega bo‘lgan tashqi yechimlardan  faqat Kerr (Kerr, 1963) va Karter (Karter, 1968) metrikalari aniqlangan. Ular xususiy  yechimlar bo‘lib  va maxsus turdagi  manbaga to‘g‘ri keladi. Ular mos ravishda aylanadigan zaryadsiz yoki zaryadlangan qora o‘ralarning  tortishish maydoni bilan bog‘liq (Karter,1971; Xoking, Ellis, 1977).  Mumkin bo‘lgan aniq yechimlar aylanuvchi jismning fizik modeliga asos bo‘lib xizmat qilish uchun hali aniqlanmagan.Manbaning bir o‘q bilan aylanishining barqaror holat tabiati kvadratik shaklning aksial- simmetriyaga ega ekanligini va vaqtga bog‘liq emasligini bildiradi. Shuning uchun mos sanoq sistemasi mavjud.

Qora tuynuklar, lagranj zichligi, Kerr, zaryadli zarra

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.