Yosh olimlar 2-jild 21-son (2024) · 114–117-betlar
OILAVIY DISKURSDA BOLALAR NUTQINING MILLIY-MADANIY BELGILARI
Egamberdiyeva, I. A.
DOI: 10.5281/zenodo.13379099 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqola bolalar nutqining oila muloqotida namoyon bo‘ladigan milliy-madaniy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada oilaviy muhit va milliy qadriyatlarning bolalar nutqiga ta'siri tahlil qilinadi. O‘zbek oilalarida bola nutqining rivojlanishiga ijtimoiy va madaniy omillar qanday ta’sir etishi haqida mulohazalar keltirilgan. Mualliflar bolalar nutqidagi milliy-madaniy belgilarning ahamiyatini ochib beradi va bu belgilarning jamiyatdagi kommunikativ jarayonlarga qo‘shgan hissasini yoritadi. Tadqiqot natijalari bolalar nutqini shakllantirishda oila muloqotining rolini ko‘rsatadi va kelajakda oilaviy tarbiyada e'tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlarni belgilaydi.
Oilaviy muloqot, bolalar nutqi, psixologiya, antropologiya va sotsiologiya, kognitiv qobiliyat, insoniyat sivilizatsiyasi, til me’yorlari, madaniy qadriyatlar, noverbal muloqot vositalar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.