Yosh olimlar 2-jild 23-son (2024) · 118–120-betlar

KATTA HAJMDAGI IOT MA’LUMOTLARINI UZATISH UCHUN PROTOKOLLAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Djurabayeva, Go‘zal

DOI: 10.70413/yo-v02-i23-p1-027 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tezis zamonaviy Internet of Things (IoT) tizimlarida katta hajmdagi ma’lumotlarni samarali uzatish masalalariga bag‘ishlangan. IoT qurilmalari har kuni millionlab ma’lumotlarni to‘playdi va uzatadi, shuning uchun protokollarning samaradorligi juda muhim. Tezishda IoT tarmoq protokollari, masalan, MQTT, CoAP va HTTP, ularning energiya sarfi, uzatuvchanligi, kechikishi va qamrovini baholash uchun mezonlar ko‘rib chiqiladi. Katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va ularni hal qilish uchun taklif etiladigan yechimlar — ma’lumotlarni qisqartirish, guruhlash va siqish — alohida ta’kidlanadi. Tadqiqot doirasida o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar natijalari, har bir protokolning samaradorligini o‘zaro taqqoslash orqali aniqlanadi. Ushbu tezis IoT protokollarining kelajakdagi rivojlanishi va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tavsiyalar bilan tugaydi. Natijalar, IoT tizimlarining samaradorligini oshirish uchun muhim amaliy tajribalarni taklif etadi va sohadagi tadqiqotlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

IoT (Internet of Things), katta hajmdagi ma’lumotlar, protokollar, samaradorlik, energiyani tejash, tarmoq protokollari , IoT tizimlari, ma’lumot uzatish, texnologik rivojlanish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.