Yosh olimlar 2-jild 24-son (2024) · 103–105-betlar
SHAXSDA PSIXOLOGIK BARQARORLIKNI NAMOYON BO‘LISH XUSUSIYATLARI
Atajanov, Jahongir
DOI: 10.70413/yo-v02-i24-p1-034 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ma’lumki, barcha ichki va shaxslararo muammolar, nizolar va inqirozli vaziyatlar stress va depressiyaga olib kelmaydi. Bu barqaror kayfiyat va ichki uyg‘unlikni saqlashga imkon beradigan shaxsning psixologik barqarorligi kabi hodisa sifatida ko‘rsatiladi. Shaxsning bu sifati bir nechta jihatlarni o‘z ichiga oladi, ular orasida qat’iyatlilik, muvozanat, mavjud qiyin vaziyatlarga qarshilik ko‘rsata olishi bilan ajralib turadi. Bu insonga hayot qiyinchiliklariga, vaziyatlarning noqulay bosimiga dosh berishga, sog‘lig‘ini va turli sinovlarda ishlash qobiliyatini saqlab qolishga imkon beradi [1]. Rus psixologiyasida psixologik barqarorlik, qiyin va ekstremal hayotiy vaziyatlar muammosi Yu.V.Shcherbatыx, D.A.Leontev, N.V.Grishina, K.Muzdibaev, T.L.Krukova, L.V.Kulikov, I.P.Shkuratova va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.