Yosh olimlar 2-jild 27-son (2024) · 133–134-betlar
EKOSHAHARNI SHAKLLANTIRISH TAMOYILLARI
Xoshimova, Fazilat
DOI: 10.5281/zenodo.13923146 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Shahar sivilzatsiyaning rivojlanish manbai hisoblanib, ayni vaqtda atrof- muhit ekologiyasi buzilishining sababchisi ham hisoblanadi. Shuning uchun ham hayotiy faoliyatni taminlashda faqat ekologik texnologiyalardan foydalanuvchi shaharlarni yaratish juda muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Shaharlarni “ekologik” qayta qurish kelajakdagi rivojlanishning zaruriy talabi bo"lishi lozim. Shaharlar rivojlanishi tabiatga zarar yetkazmasdan, inson hayotiga yuqori sifatlarda xizmat ko"rsatsishi lozim. Ekoshahar bu- atrof- muhitga ta’sir etishini hisobga olib loyihalangan mustahkam, ustuvor, turg’un shahardir. Mazkur shaharda yashovchi aholi energiyadan, suv va oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishni minimallashtiradi, issiqlikning behuda sarflanishiga, havoni karbonat angidrid ifloslanishiga umuman yo’l qo’yilmaydi. Birinchi marotaba «ekoshahar» atamasini 1987-yilda Richard Register «Sog’lom kelajak uchun shahar qurilishi» kitobida ishlatdi. Kelajak shahar o’zini atrof-muhitga minimal darajada bog’liq holda ta’minlab, yangilanuvchi manbalar yordamida energiya ishlab chiqaradi. Ekoshahar aholisining asosiy intilishi-uglerod isini qisqartirishdir.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.