Yosh olimlar 2-jild 28-son (2024) · 111–114-betlar

KOGNITIV POETIKA HAQIDA NAZARIY QARASHLAR VA OLAMNING LISONIY MANZARASI TUSHUNCHASI

Ibragimova, Iroda

DOI: 10.5281/zenodo.13933155 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqola kognitiv tilshunoslik va uning asosiy tushunchalari, jumladan, “olamning lisoniy manzarasi” haqida batafsil ma’lumot beradi. Kognitiv tilshunoslikning paydo bo‘lishi, rivoji va til bilan insonning bilish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada individual va milliy lisoniy manzara tushunchalari, ularning o‘zaro munosabatlari va badiiy asarlardagi ifodasi tahlil qilinadi. Milliy madaniyat va tafakkur farqlarining tilga ta’siri haqida misollar orqali tushuntiriladi. Kognitiv poetika va uning adabiyotshunoslik va tilshunoslik bilan kesishgan nuqtalari ham izohlanadi. Mualliflar tomonidan kognitiv yondashuv yordamida ijodkorlarning individual tafakkuri va lisoniy vositalar orqali dunyoqarashini aks ettirishning ahamiyati ko‘rsatiladi.

kognitiv tilshunoslik, olamning lisoniy manzarasi, kognitiv fan, individual tafakkur, milliy tafakkur, kognitiv poetika, til va madaniyat, konseptualizatsiya, lisoniy vositalar, poetik tafakkur.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.