Yosh olimlar 2-jild 33-son (2024) · 119–123-betlar

O‘ZBEK INGLIZ TILI O‘RGANUVCHILARINING NUTQIDA PRAGMATIK TRANSFER

Jumayeva, Latofat, Kuvatillayeva, Madina, Abduvoitova, Zuhra, Toʻxtayeva, Bibihojara

DOI: 10.70413/yo-v02-i33-p1-036 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot o‘zbek ingliz tili o‘rganuvchilarining nutqida pragmatik transferni o‘rganadi. Pragmatik transfer — bu o‘rganuvchilar o‘z ona tilidagi pragmatik strategiyalarni ingliz tilida qo‘llash jarayonidir. Tadqiqotda 50 nafar A2-B1 darajasidagi o‘zbek talabalari ishtirok etdi, ularning ingliz tilidagi xatoliklari va pragmatik transfer holatlari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘zbek o‘rganuvchilari ingliz tilida bevosita nutq aktlarini ishlatishga moyil, bu esa xushmuomalalikning buzilishiga olib keladi. Bundan tashqari, tarjima asosidagi xatolar va xushmuomalalik strategiyalarining yetishmasligi ham keng tarqalgan. Tadqiqot pragmatik kompetentsiyani rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berib, ingliz tilini o‘rgatishda madaniy farqlarni hisobga olishning ahamiyatini ta’kidlaydi.

Pragmatik transfer, pragmatik xatolar, ingliz tili, o‘zbek tili, nutq aktlari, xushmuomalalik strategiyalari, madaniyatlararo farqlar, pragmatik kompetentsiya, til o‘rganish.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.