Yosh olimlar 2-jild 34-son (2024) · 106–109-betlar
O‘ZBEKISTONDA CHET TILI TA’LIMIDA SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINI QO‘LLASH: DASTLABKI KUZATISHLAR
Amanbayeva, Oydin
DOI: 10.70413/yo-v02-i34-p1-031 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimida chet tili o‘qitishda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha dastlabki kuzatishlar keltirilgan. Sun’iy intellekt vositalari o‘quv jarayonini shaxsiylashtirish, o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va tezkor fikr-mulohaza berishda samarali ekanligi ko‘rsatildi. Biroq, texnologik infratuzilmaning rivojlanmaganligi va o‘qituvchilarni tayyorlash darajasining pastligi bu jarayonda muammolar tug‘dirishi mumkin. Maqola natijalari O‘zbekistonning chet tili ta’limida raqamli vositalarni joriy etishda mavjud imkoniyat va muammolarni baholashga qaratilgan. Ushbu maqolada infratuzilmani rivojlantirish va o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha tavsiyalar kiritilgan.
Sun’iy intellekt, chet til ta’limi, raqamli infratuzilma, O‘zbekiston ta’lim tizimi, ta’limda innovatsiyalar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.