Yosh olimlar 2-jild 35-son (2024) · 58–60-betlar

IKKILAMCHI ARTERIAL GIPERTENZIYA KELIB CHIQISH SABABLARI

Abdujabborova, Sitora, Xidoyatova, Muxlisa

DOI: 10.5281/zenodo.14350486 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ikkilamchi arterial gipertenziya (IAG) — bu qon bosimi ko'tarilishining asosiy sababi sifatida boshqa kasalliklar va holatlar mavjud bo'lgan holatdir. Arterial gipertenziyaning asosiy shakli birlamchi gipertenziya bo'lsa, IAG ko'proq boshqa kasalliklar bilan bog'liqdir. Bu maqolada ikkilamchi arterial gipertenziya kelib chiqishining asosiy sabablari, risk faktorlarining ahamiyati va tashxis qo'yish usullari keltirilgan. IAG buyrak kasalliklari, endokrin kasalliklar (masalan, feohromotsitoma yoki aldosteronizm), yurak va qon tomir kasalliklari hamda dori vositalarining ta'siridan kelib chiqishi mumkin. Tashxisda anamnez, laboratoriya va instrumental tekshiruvlar muhim rol o'ynaydi. Ushbu maqola ikkita asosiy sababni ko'rsatish orqali, ikkilamchi gipertenziyaning patogenezini va davolash usullarini aniqlaydi.

ikkilamchi arterial gipertenziya, arterial gipertenziya sabablari, buyrak kasalliklari, endokrin tizim kasalliklari, gipertenziya tashxisi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.