Yosh olimlar 2-jild 36-son (2024) · 129–131-betlar

ILDIZ TIZIMINING SHAKLLANISHI, TUZILISHI, TIPLARI VA VAZIFALARI

Abdullayeva, Nozima

DOI: 10.5281/zenodo.14525717 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur ishda ildiz tizimining biologik va ekologik ahamiyati, shakllanish jarayonlari, turlari, anatomik tuzilishi va funksiyalari o‘rganilgan. Ildizning asosiy vazifalari, shu jumladan, tuproqdan suv va mineral moddalarni o‘zlashtirish, oziq moddalarning zaxirasini yaratish, o‘simlikni tuproqqa mahkam biriktirish kabi jihatlari ko‘rib chiqilgan. Ildiz evolyusiyasi va shakli o‘zgargan ildizlarning biologik xususiyatlari (ildizmevalar, tugunak ildizlar, havo ildizlar) chuqur tahlil qilingan. Birlamchi va ikkilamchi anatomik tuzilish o‘zgarishlari, mikoriza va tugunak bakteriyalarning ildiz tizimi bilan o‘zaro aloqasi hamda bu jarayonlarning ekologik muhimligi yoritilgan. Ushbu tadqiqot o‘simliklarning ildiz tizimi orqali ozuqa elementlarini samarali o‘zlashtirishi va tuproq ekologiyasini ta’minlashdagi rolini tahlil qilishga qaratilgan.

Ildiz tizimi, anatomik tuzilish, ildizmevalar, tugunak ildizlar, mikoriza, tugunak bakteriyalar, ekologik ahamiyat, o‘simlik morfologiyasi, ildiz evolyusiyasi, havo ildizlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.