Yosh olimlar 2-jild 36-son (2024) · 132–134-betlar

INSON KAPITALINI RUVOJLANTIRISH, INTELLEKTUAL SALOHIYATNI OSHIRISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI

Xasanov, Axmadjon, Shequlova, Orzigul

DOI: 10.70413/yo-v02-i36-p1-036 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Inson kapitalini rivojlantirish va intellektual salohiyatni oshirish, zamonaviy jamiyatlar uchun iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada, inson kapitalining shakllanishi va rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari — ta’lim tizimini isloh qilish, kasbiy tayyorgarlik va malaka oshirish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, sog‘liqni saqlashni yaxshilash va sportni rivojlantirish kabi masalalar tahlil qilinadi. Ta’lim tizimining sifatini oshirish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali intellektual salohiyatni oshirish imkoniyatlari yaratiladi. Shuningdek, kasbiy malaka oshirish va innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish mehnat bozoridagi raqobatbardoshlikni ta’minlaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion g‘oyalarni qo‘llash orqali ilm-fan va texnologiyalardagi yutuqlarni amaliyotga joriy etish, jamiyatning global miqyosdagi raqobatbardoshligini oshiradi. Maqola, inson kapitalini rivojlantirishning jamiyat va davlat uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini, shuningdek, bu jarayonlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga qo‘shadigan hissasini yoritadi.

Inson kapitali, Intellektual salohiyat, Ta’lim tizimi, Innovatsiya, Mehnat bozori, Raqamli iqtisodiyot, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat va ma’naviyat, Ilmiy-tadqiqot faoliyati, Startaplar, Texnologiyalar, Kasb-hunar tayyorlash, Sog‘lom turmush tarsi, Davlat strategiyasi, Ijtimoiy farovonlik

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.