Yosh olimlar 2-jild 7-son (2024) · 56–61-betlar

“UCHINCHI RENESSANS – TA`LIM VA TARAQQIYOT: O`TMISH, BUGUN VA KELAJAK”

Matchonova, Mashhura

DOI: 10.5281/zenodo.10807115 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Markaziy Osiyoda IX-XII  va XIV-XV asrlarda yuz bergan majoziy ma’noda Birinchi va Ikkinchi renessans yoki  “ Uyg`onish” hodisasi sodir bo`ldi. Ya’ni ilm-fan, ta’lim va madaniyat, din sohalarida ko`plab ilmiy va diniy asarlar yaratildi. Ko`plab olim va shoirlar bu asrlarda  samarali ijod qildi. Olib borilgan ilmiy  izlanishlar natijasida yerning geografik kengligi aniqlandi, yer sharining g`arbiy qismida ham quruqlik borligi taxmin qilindi, koinotdagi 1018 ta yulduzlarning  o`rni va holati yetarlicha sharhlab berildi. Maqolada O`rta asr Sharq allomalarining ilmiy merosi qisman yoritib o`tiladi, shuningdek ularning jahon ilm-fan rivojiga qo`shgan hissasi haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Allomalarning ilmiy merosi bugungi kungacha ham o`z ahamiyatini yo`qotmay kelmoqda va yosh avlodlar ularning qoldirgan asarlari mohiyatini o`rganish va umuminsoniy merosi tizimidagi o`rnini ko`rsatishga harakat qilmoqdalar.

Renessans, “Bayt ul hikma”, matematika, astronomiya, tibbiyot, Uyg`onish davri, hadis, Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Ibn Sino, qo`lyozma, yulduzlar, rasadxona, falsafa.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.