Yosh olimlar 2-jild 9-son (2024) · 132–136-betlar
FIZIKANI O‘QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR FOYDALANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ochilova, Zulayho
DOI: 10.70413/yo-v02-i09-p1-030 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar butunlar yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga assotsatsiya orqali fikran bog‘lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo‘lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi. Bugungi kunda erkin shaxsni shakllantirish muammosi ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni zamonaviy pedagogik texnologiyaga o‘tkazishni taqozo etadi. Bu jarayon oson kechmaydi, chunki ixtiyoriy qurilayotgan va joriy etilayotgan o‘qitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish kerak. V.P. Bespalkoning ta’rifiga ko‘ra “pedagogik tizim ma’lum shaxs sifatlarini shakllantirishga tartibli, aniq maqsadni ko‘zlab va oldindan o‘ylab pedagogik ta’sir etishni vujudga keltirish zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisidir.
pedagogik texnologiya, zamonaviy o‘qitish, ta’lim, o‘quv reja, ta’lim standartlari, interfaol usullar, innovatsion pedagogik texnologiyalar, an’anaviy va noan’aviy yondashuvlar, metodika.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.