Yosh olimlar 3-jild 11-son (2025) · 31–35-betlar
TA‘LIM TIZIMIDA TYUTORLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Eshqulov, Yanvar
DOI: 10.70413/yo-v03-i11-p1-008 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada taʼlim tizimida tyutorlik madaniyatini shakllantirishning ahamiyati va uning pedagogik jarayonlarda qanday o‘rin tutishi haqida so‘z boradi. Tyutorlik madaniyati — bu taʼlim jarayonining sifatini oshirish, o‘quvchilarga individual yondashuvni taʼminlash, shuningdek, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot va o‘zaro ishonchni mustahkamlashni nazarda tutadigan bir qator bilim, ko‘nikma va axloqiy tamoyillardan tashkil topgan kompleks jarayondir. Tyutorlik madaniyatini shakllantirish, birinchi navbatda, o‘qituvchining pedagogik mahorati, ijtimoiy va kommuniktiv ko‘nikmalarining rivojlanishi, shuningdek, o‘quvchi bilan ishlashdagi samarali metodologik yondashuvlarni qo‘llashni taqozo qiladi. Mazkur jarayon o‘qituvchining o‘z-o‘zini tahlil qilish va professional rivojlanishini rag‘batlantiradi, natijada o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatlar, taʼlimning shaxsiylashtirilgan yondashuvi va o‘quvchilarning taʼlim jarayoniga bo‘lgan motivatsiyasi oshadi.
tyutor, tyutorlik madaniyati, taʼlim tizimi, metodologik yondashuv, shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim, pedagogik innovatsiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.