Yosh olimlar 3-jild 12-son (2025) · 35–38-betlar
SO‘FI OLLOYOR ASARLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA KONSEPSIYASI
Kotibov, Rustamxon
DOI: 10.70413/yo-v03-i12-p1-008 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada So‘fi Olloyorning ijodiy merosida ma’naviy-axloqiy tarbiya konsepsiyasi qanday shakllangani va uning mazmun-mohiyati tahlil etiladi. Shoirning asarlarida ilgari surilgan axloqiy va ruhiy qadriyatlar, Sufiy ta’limotining amaliy ko‘rinishi sifatida, o‘quvchilarni nafaqat individual, balki ijtimoiy jihatdan ham kamol toptirishga qaratilgani ko‘rsatib beriladi. Maqolada So‘fi Olloyorning buyuk mutafakkirlar merosidan ilhomlangan holda, milliy til va urf-odatlarga mos ravishda xalqchil usulda ta’lim-tarbiya g‘oyalarini yetkazgani alohida urg‘u bilan ta’kidlanadi. Shuningdek, uning asarlarida ijtimoiy adolat, xoksorlik, hayo, sabr va insof kabi fazilatlarning uqtirilishi, zamonaviy talim-tarbiya tizimida ham yuksak ahamiyatga ega ekani ilmiy asosda ko‘rsatib o‘tiladi.
So‘fi Olloyor, ma’naviy-axloqiy tarbiya, Sufiy meros, milliy qadriyatlar, adabiy meros, axloqiy konsepsiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.