Yosh olimlar 3-jild 12-son (2025) · 49–60-betlar

"STRESS, UYQU VA TURMUSH TARZINING XOTIRAGA TA’SIRI"

Norqulova, Y.R., Akramova, Sh.R.

DOI: 10.70413/yo-v03-i12-p1-011 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada xotira va uning samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan. Xotiraning zaiflashishi va buzilishi nafaqat kasalliklar, balki stress, noto‘g‘ri uyqu tartibi, zararli odatlar va turmush tarziga bog‘liq ekanligi yoritilgan. Shuningdek, maqolada xotira buzilishlariga sabab bo‘luvchi asosiy omillar, jumladan, miya patologiyalari, gipoksik holatlar, ruhiy buzilishlar, zararli odatlar va stressli vaziyatlar haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqolada xotirani yaxshilashning tabiiy usullari, jumladan, uyqu gigienasini saqlash, jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish va aqliy mashg‘ulotlar muhimligi ta’kidlangan. Xotira buzilishlarini oldini olish va samaradorligini oshirish uchun muntazam intellektual faoliyat bilan shug‘ullanish, stress omillarini kamaytirish hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish tavsiya etiladi. Maqola xotiraning salomatlik va kundalik hayotdagi ahamiyatini tushunishga, uni yaxshilash yo‘llarini ko‘rsatishga qaratilgan.

Xotira, kognitiv faoliyat, stress, uyqu gigienasi, zararli odatlar, aqliy salomatlik, demensiya, altsgeymer kasalligi, ruhiy holat, nevrologik buzilishlar, oziqlanish, jismoniy faollik, meditatsiya, konsentratsiya, miyaga foydali mahsulotlar, kognitiv buzilishlar, sinaptik plastiklik, neyrotransmitterlar, gipokampus, xotiraning buzilishi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.