Yosh olimlar 3-jild 12-son (2025) · 83–86-betlar

MAKTABGACHA 6 YOSHLI BOLANING TASHABBUSKORLIGINI OSHIRISH

Tojiboyeva, Mahdiyabonu, Kadirova, Omadxon

DOI: 10.5281/zenodo.15302760 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur ishda maktabgacha ta’lim yoshidagi, xususan 6 yoshli bolalarning tashabbuskorligini oshirish yo‘llari o‘rganilgan. Bolaning ijtimoiy-psixologik rivojlanishida tashabbuskorlik muhim o‘rin tutadi, chunki u bolaning mustaqil fikrlashi, yangilikka intilishi va o‘z fikrini erkin ifoda eta olish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Tadqiqotda bolalar tashabbuskorligini rag‘batlantirishga qaratilgan interfaol o‘yinlar, rolli mashg‘ulotlar, ijodiy topshiriqlar va o‘yinli faoliyat turlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, pedagog va ota-onalarning bu jarayondagi o‘rni, ularga beriladigan tavsiyalar yoritiladi. Ish natijasida 6 yoshli bolalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali usullar taklif etiladi.

maktabgacha ta’lim, 6 yoshli bola, tashabbuskorlik, rivojlanish, ijodiy faoliyat, o‘yinli metodlar, mustaqil fikrlash, pedagogik yondashuv, motivatsiya, interfaol usullar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.