Yosh olimlar 3-jild 12-son (2025) · 149–152-betlar
SHAXSIY MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH VA ULARNING NOQONUNIY TARQALISHI: XALQARO VA MILLIY TAJRIBA
Saidabdullayev, Orzubek
DOI: 10.70413/yo-v03-i12-p1-039 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bugungi kunda shaxsiy ma’lumotlarning himoyasi muhim dolzarb masala sifatida kun tartibidan tushmay kelmoqda. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida turli tashkilotlar, davlat idoralari va xususiy kompaniyalar fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va saqlash imkoniyatiga ega bo‘lib qolgan, bu esa maxfiy ma’lumotlarning noqonuniy tarqalish xavfini sezilarli darajada oshirmoqda. Ushbu maqolada shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga doir xalqaro va milliy tajribalar atroflicha o‘rganilib, yirik davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or huquqiy hamda texnologik mexanizmlar tahlil qilinadi. Ayniqsa, Yevropa Ittifoqining General Data Protection Regulation (GDPR) qonunchiligi, AQShning California Consumer Privacy Act (CCPA) va boshqa ilg‘or tajribalar O‘zbekiston qonunchiligi bilan solishtirib o‘rganiladi. Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishda mavjud bo‘lgan asosiy tahdidlar hamda ularning oldini olish bo‘yicha samarali strategiyalar ko‘rib chiqiladi.
Shaxsiy ma’lumotlar, axborot xavfsizligi, ma’lumotlarning noqonuniy tarqalishi, maxfiylik, raqamli xavfsizlik, GDPR, CCPA, milliy qonunchilik, kiberxavfsizlik, huquqiy mexanizmlar.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.