Yosh olimlar 3-jild 13-son (2025) · 12–14-betlar

SUD LINGVISTIK EKPERTIZASI OʻTKAZISHNING HUQUQIY ASOSI VA TURLARI

Saidahmadov, Shuhrat

DOI: 10.5281/zenodo.15332466 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Sud lingvistik ekpertizalarini oʻtkazish va ularning turlari qonunchilikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6256-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Namunaviy Nizom” bilan tartibga solinadi. Sud lingvistik ekspertizalari uchun toʻlanadigan haq miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktabrdagi “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 570-son qarori bilan belgilangan.  

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.