Yosh olimlar 3-jild 13-son (2025) · 23–26-betlar

MUSTAQILLIK YILLARI O‘ZBEKISTONDA FOLKLOR MUSIQA SAN’ATIGA E’TIBOR

Sadullayeva, F. S.

DOI: 10.70413/yo-v03-i13-p1-007 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

O‘zbek milliy musiqa madaniyatining tarkibiy qismi bo‘lmish musiqiy folklor san’ati, uzoq o‘tmishdan va asrlar davomida rivojlanib kelmoqda. Yakka va ko‘pchilik bo‘lib qo‘shiq aytish va raqsga tushish, deyarli hamma xalqlarning butun turmush hayoti bilan qadim zamonlardan buyon bog‘liq bo‘lib kelgan. Ma’lumki an’anaviy marosim xalq qo‘shiqlari u yoki bu marosim munosabati bilan xalq tomonidan to‘qilgan qo‘shiqlar jamoa bo‘lib ijro etilgan va ular hozirgi davrgacha bizga yetib kelgan. Zotan xalqimizning bugungi hayotida ham folklor san’ati alohida o‘rin tutadi. Uning sadolari radio va televideniya, teatr va konsert zallarida, maktab va o‘yingohlarda yangraydi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.