Yosh olimlar 3-jild 14-son (2025) · 25–27-betlar

TILNING PRAGMATIK JIHATI VA UNING SO‘Z MA’NOSIGA TA’SIRI

Abduraxmonov, Shermuxammad

DOI: 10.70413/yo-v03-i14-p1-008 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqola tilning pragmatik jihatlarini va uning so‘z ma’nolariga ta’sirini o‘zbek, ingliz, rus va fransuz tillari misolida keng ko‘lamda tahlil qiladi. So‘zlarning kontekstual ishlatilishi, nutqiy vaziyatlar, madaniy omillar, pragmatik strategiyalar va sotsiolingvistik omillar tahlil qilinib, ularning semantik o‘zgarishlarga ta’siri chuqur o‘rganiladi. Tadqiqotda Sh.Safarov va M.Xakimovning pragmatika, frazeologiya va nutqiy aktlarga oid izlanishlari asosida o‘zbek tilidagi pragmatik xususiyatlar keng yoritiladi. Pragmatikaning frazeologik iboralar, metaforalar, idiomatlar, nutqiy aktlar va sotsial kontekstga ta’siri ochib beriladi hamda uning madaniyatlararo muloqot, til o‘qitish va tarjima jarayonlaridagi muhim roli ta’kidlanadi. Natijalar tilshunoslik, madaniyatshunoslik, sotsiolingvistika, tarjima tadqiqotlari va pedagogika uchun muhim ahamiyatga ega.

pragmatika, so‘z ma’nosi, madaniy kontekst, o‘zbek tili, frazeologiya, semantika, nutqiy vaziyat, madaniyatlararo muloqot, metafora, kontekstual tahlil, nutqiy aktlar, sotsiolingvistika, Sh.Safarov, M.Xakimov.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.