Yosh olimlar 3-jild 14-son (2025) · 28–30-betlar
KIBERJINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHNING HUQUQIY, KRIMINALISTIK VA KRIMINOLOGIK ASOSLARI
Shokirov, Bobur
DOI: 10.5281/zenodo.15357237 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Kiberjinoyatchilik zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda jadal sur’atlar bilan ortib bormoqda. Ushbu maqolada kiberjinoyatlarning eng xavfli jinoyat turlaridan biri sifatida namoyon bo‘lishi, ularning oldini olish, aniqlash va tergov qilishdagi asosiy muammolar, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirish zarurati yoritilgan. Muallif kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda kriminologik, kriminalistik va jinoyat-huquqiy yondashuvlar hamda xalqaro hamkorlikning dolzarbligini asoslab beradi. Maqolada shuningdek, kompyuter xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, va raqamli savodxonlik darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ham ilgari suriladi.
Kiberjinoyatchilik, axborot xavfsizligi, kompyuter jinoyatlari, tergov, profilaktika, xalqaro hamkorlik, shaxsiy ma’lumotlar, kriminologiya, kriminalistika, jinoyat-huquqi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.