Yosh olimlar 3-jild 14-son (2025) · 38–42-betlar

RAQAMLI MEDIA DISKURSINI O‘RGANISHDA LINGVISTIK METODOLOGIYALAR: NAZARIY VA AMALIY YONDASHUVLAR

Ashurmatova, Nasibaxon, Abdumajidov, Abdubosit

DOI: 10.70413/yo-v03-i14-p1-012 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi natijasida shakllangan raqamli media diskursini lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilishga qaratilgan metodologiyalar tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, raqamli platformalarda yuzaga kelayotgan yangi til shakllari, multimodal vositalar va interaktiv nutqiy strategiyalar mavjud lingvistik metodlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Muallif diskurs tahlili, medialingvistika, sotsiopragmatika va multimodal tahlil kabi metodologik yondashuvlarni nazariy va amaliy jihatlarini o’rganadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu metodlarning integratsiyasi raqamli media matnlarini chuqur va kontekstual anglashda samarali bo‘lishi aniqlangan. Maqola raqamli tilshunoslik bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar va olimlar uchun amaliy metodik asos sifatida xizmat qiladi. Muallif tomonidan taklif etilgan metodlar kombinatsiyasi hozirgi va kelajakdagi raqamli media tadqiqotlari uchun nazariy va amaliy yo‘nalishlarni belgilaydi.

raqamli media diskursi, diskurs tahlili, medialingvistika, multimodal tahlil, sotsiopragmatika, kommunikatsiya, interaktivlik, lingvistik metodologiya, semantika, kontekst.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.