Yosh olimlar 3-jild 14-son (2025) · 122–128-betlar

O‘QITISHNING DASTURIY TA’MINOTIGA OID MATERIALLAR BILAN TANISHISH

Xoliqova, Zebiniso, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba

DOI: 10.70413/yo-v03-i14-p1-033 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘qitish jarayonida foydalaniladigan dasturiy ta’minot va ularning ta’lim tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’limda raqamli texnologiyalar va maxsus dasturiy ta’minotlardan foydalanish samaradorlikni oshirish, interfaollikni kuchaytirish va o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Moodle, Google Classroom, Kahoot, Quizizz kabi platformalar dars jarayonini yanada qulay va qiziqarli qilishga yordam beradi. Maqolada dasturiy ta’minot turlari, ularning afzalliklari va qo‘llash usullari yoritilgan. Shuningdek, o‘qituvchilar duch keladigan muammolar va ularni hal etish yo‘llari ham muhokama qilingan. Ta’lim jarayonida dasturiy ta’minotdan samarali foydalanish uchun o‘qituvchilarni malaka oshirish kurslariga jalb qilish, texnik infratuzilmani yaxshilash va o‘quv jarayoniga innovatsion metodlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Mazkur maqola pedagoglar, ta’lim muassasalari rahbarlari va ta’lim texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi.

Ta’lim texnologiyalari, dasturiy ta’minot, raqamli ta’lim, interfaol o‘qitish, Moodle, Google Classroom, ta’lim platformalari, onlayn ta’lim, innovatsion metodlar, pedagogik dasturlar, masofaviy ta’lim, elektron darsliklar, o‘quv jarayoni avtomatlashtirish, innovatsion dars usullari, ta’lim menejment tizimlari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.