Yosh olimlar 3-jild 14-son (2025) · 129–134-betlar

O‘RGANISH DASTURLASH TILLARI BO‘LIMINI O‘QITISH VA O‘RGANISH METODIKASI

Ediyev, Sherdor, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba

DOI: 10.70413/yo-v03-i14-p1-034 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Mazkur maqolada “Dasturlash tillari bo‘limini o‘qitish va o‘rganish metodikasi” mavzusida zamonaviy ta’lim metodlari va ularning dasturlashni o‘rgatishda qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Dasturlashning murakkab va dinamik xususiyatlari o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishni talab qiladi, shuning uchun an’anaviy o‘qitish metodlaridan tashqari interfaol ta’lim yondashuvlari ham zarur. Maqolada flip learning, gamifikatsiya, pair programming, va loyihalar asosida o‘qitish kabi metodlar orqali dasturlashni o‘rgatishning samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Bu metodlar o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish, kodni amaliyotda qo‘llash va jamoaviy ish orqali bilimlarni chuqurlashtirish imkonini yaratadi. Shuningdek, maqolada o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish va o‘rganishni samarali qilish uchun o‘qituvchilarga interaktiv mashqlar, onlayn platformalar va vizualizatsiya metodlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu maqola dasturlashni o‘rganish va o‘qitish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan yangi yondashuvlarni o‘z ichiga oladi.

Dasturlash tillari, o‘qitish metodikasi, o‘rganish metodlari, interfaol ta’lim, flip learning, gamifikatsiya, pair programming, loyihalar asosida o‘qitish, kodlash, dasturlash ko‘nikmalari, onlayn platformalar, o‘quvchilar faolligi, amaliy mashqlar

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.