Yosh olimlar 3-jild 14-son (2025) · 141–145-betlar
WEB-DIZAYN ASOSLARI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Chorshanbiyev, Jamshid, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba
DOI: 10.70413/yo-v03-i14-p1-036 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada "Web-dizayn asoslari" bo‘limini o‘qitish metodikasi yoritiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida web-dizayn bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu soha axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq holda keng qo‘llanilmoqda. Maqolada web-dizayn asoslarini samarali o‘rgatish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar va zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish tavsiya etiladi. Web-dizaynni o‘qitishda vizual yondashuv, amaliy mashg‘ulotlar va loyiha asosida o‘qitish metodlari muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi. Shuningdek, talabalarni mustaqil ijodiy ishlarga jalb qilish, ularning tanqidiy va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish usullari ham ko‘rib chiqiladi. Maqolada ta’lim jarayonida HTML, CSS va JavaScript kabi asosiy texnologiyalarni o‘rgatish bosqichlari yoritilib, web-dizayn bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etishning optimal usullari tavsiflanadi. Xulosa qismida esa samarali o‘qitish uslublari va ularning o‘quvchilarning web-dizayn bo‘yicha bilim va ko‘nikmalariga ta’siri haqida fikrlar keltirilgan.
Web-dizayn, o‘qitish metodikasi, HTML, CSS, JavaScript, interfaol usullar, innovatsion pedagogika, vizual yondashuv, loyiha asosida o‘qitish, ijodiy fikrlash, axborot texnologiyalari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.