Yosh olimlar 3-jild 14-son (2025) · 146–150-betlar

RAQAMLI TA’LIM TIZIMIDA “MAʼLUMOTLAR BAZASI” BO‘LIMINI INTERFAOL TA’LIM METODLARI YORDAMIDA O‘QITISH METODIKASI TAKOMILLASHTIRISH

Avazberdiyeva, Surayyo, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba

DOI: 10.70413/yo-v03-i14-p1-037 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada raqamli ta’lim tizimida “Ma’lumotlar bazasi” bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalasi yoritiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida interfaol metodlarning o‘rni va ularning o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda muammoli ta’lim (PBL), loyiha metodi (PjBL), gamifikatsiya, elektron testlar va interaktiv platformalar kabi interfaol usullarni qo‘llashning samaradorligi o‘rganilgan. Shuningdek, an’anaviy dars shakllari bilan interfaol metodlar qo‘llangan darslarning natijalari taqqoslanib, o‘quvchilarning faolligi, tushunish darajasi va bilimlarni mustahkamlashdagi farqlar ko‘rsatib berilgan. Muhokama natijalari shuni ko‘rsatadiki, interfaol metodlar qo‘llangan darslarda o‘quvchilarning motivatsiyasi oshadi, mustaqil fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi hamda o‘rganilgan mavzularni amaliyotga tatbiq qilish imkoniyati kengayadi. Interfaol metodlarni raqamli ta’lim jarayoniga joriy etish orqali informatika fanining “Ma’lumotlar bazasi” bo‘limini yanada samarali o‘qitish va ta’lim sifatini oshirish mumkin.

raqamli ta’lim, interfaol metodlar, muammoli ta’lim, loyiha metodi, ma’lumotlar bazasi, informatika ta’limi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.