Yosh olimlar 3-jild 14-son (2025) · 151–156-betlar

DASTURLASH TILLARIDA “LOYIHALASH” BO‘LIMINI INTERFAOL TA'LIM METODLARI YORDAMIDA O‘QITISHNI VIZUALLASHTISH

Ashurova, Kumushbibi, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba

DOI: 10.70413/yo-v03-i14-p1-038 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada dasturlash tillarida "Loyihalash" bo‘limini interfaol ta’lim metodlari yordamida vizuallashtirish o‘quvchilarning muhimligi tahlil qilinadi. An’anaviy ta’lim usullari ko‘pincha nazariyaga asoslangan bo‘lib, o‘quvchilarning amaliy tushunchalarini shakllantirishda yetarlicha samarali bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli, interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash orqali mavzuni chuqurroq tushunishiga va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga erishish mumkin.Maqolada vizuallashtirishning turli usullari – blok-sxemalar, algoritmlarni grafik tasvirlash, simulyatsiyalar, o‘yinlar, jamoaviy loyihalar va interaktiv platformalar haqida so‘z yuritiladi. Ushbu usullar o‘quvchilarga kod yozish jarayonini grafik ko‘rinishda tushunish, tizimli yondashuvni shakllantirish hamda dasturiy ta’minot yaratish jarayonida amaliyotga yaqinlashish imkonini beradi.Shuningdek, maqolada zamonaviy texnologiyalar, masalan, Python Tutor, Visualgo, Scratch, Blockly, hamda VR va AR kabi innovatsion yondashuvlar ta’lim jarayoniga qanday integratsiya qilinishi mumkinligi haqida tavsiyalar beriladi.Natijada, interfaol ta’lim metodlarini qo‘llash o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish va dasturlash bo‘yicha amaliy tajriba orttirish imkoniyatini yaratadi.

Loyihalash, dasturlash tillari, interfaol ta’lim, vizuallashtirish, blok-sxema, algoritmlar, simulyatsiya, o‘yinlashtirish, grafik tasvirlash, Python Tutor, Scratch, Blockly, VR va AR, kod tushuntirish, amaliy ta’lim.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.