Yosh olimlar 3-jild 15-son (2025) · 4–9-betlar
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Hasanova, Sarvinoz, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba
DOI: 10.70413/yo-v03-i15-p1-001 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqola “Axborot texnologiyalarini bo‘limini o‘qitish metodikasi” mavzusida axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni va ularni o‘qitish metodlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda xorijiy va o‘zbek olimlarining axborot texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari asosida metodik yondashuvlar, pedagogik va texnologik bilimlarni birlashtirishning ahamiyati ko‘rsatilgan. Mishra va Koehlerning “TPACK” modeli va Jonassenning konstruktivistik yondashuvi, axborot texnologiyalarining samarali ta’lim jarayoniga integratsiyalashganligini tasdiqlovchi muhim tadqiqotlar sifatida keltirilgan. O‘zbek olimlaridan Qodirov va Raxmonovning ilmiy ishlarida axborot texnologiyalari va zamonaviy metodlar yordamida o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga faol jalb qilish, ularning kreativ fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqolada axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llashning metodik asoslari, interfaol metodlarning ahamiyati, o‘qituvchilarni malakasini oshirish va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha takliflar keltirilgan. Bu tadqiqot axborot texnologiyalarini o‘rgatish metodikasining samaradorligini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalari, o‘qitish metodikasi, ta’lim innovatsiyalari, raqamli o‘qitish, interaktiv metodlar, pedagogika, o‘quv materiallari, informatika, o‘qituvchilar malakasi, axborot tizimlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.