Yosh olimlar 3-jild 15-son (2025) · 10–15-betlar

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI

Ibodullayeva, Shaxzoda, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba

DOI: 10.70413/yo-v03-i15-p1-002 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi muhokama qilinadi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarga fan bo‘yicha nazariy bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada interaktiv metodlarning samaradorligi, xususan loyiha asosida o‘qish, kooperativ o‘qish, simulyatsiyalar va onlayn platformalar kabi usullar o‘quvchilarning qiziqishini oshirishda qanday yordam berishi haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha innovatsion metodlar va texnologiyalarni darsdan tashqari mashg‘ulotlarga joriy etish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, shaxsiylashtirilgan yondashuvlar va hamkorlikda ishlashning ahamiyati ta’kidlanadi. Maqolada takliflar berilib, o‘quvchilarning texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularning bilimlarini yanada mustahkamlash uchun turli metodik yondashuvlar ko‘rsatilgan. Ushbu ish, informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘rgatishda samarali metodikalar va amaliy usullarni joriy etishni maqsad qilgan pedagoglar uchun foydali manba hisoblanadi.

Informatika, axborot texnologiyalari, darsdan tashqari mashg‘ulotlar, interaktiv metodlar, loyiha asosida o‘qish, kooperativ o‘qish, simulyatsiyalar, onlayn platformalar, innovatsion texnologiyalar, pedagogika.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.