Yosh olimlar 3-jild 15-son (2025) · 16–21-betlar
AXBOROT TIZIMLARI XAVSIZLIGI BO’LIMINI O‘QITISH METODIKASI
Dilov, Ilyos, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba
DOI: 10.70413/yo-v03-i15-p1-003 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqola axborot tizimlari xavfsizligi bo‘limini o‘qitishning zamonaviy metodikasiga bag‘ishlangan. Axborot xavfsizligi bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri bo‘lib, ushbu sohada malakali mutaxassislar tayyorlash uchun o‘qitish jarayoniga maxsus yondashuv talab etiladi. Maqolada o‘qitish samaradorligini oshirish uchun amaliy mashg‘ulotlarga asoslangan yondashuvlar, o‘yinlashtirish (gamifikatsiya), vaziyatli tahlil (case-study) va muammoga yo‘naltirilgan ta’lim (Problem-based Learning) usullarining ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Axborot tizimlari xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish jarayonida talabalar nafaqat nazariy bilimlarga, balki amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishlari lozimligi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada talabalar bilimini mustahkamlash uchun simulyatsiya, virtual muhitlarda laboratoriya mashg‘ulotlari va real hayotdagi xavfsizlik muammolarini yechish bo‘yicha topshiriqlarning o‘rni muhim ekanligi qayd etilgan. Ushbu metodlarni qo‘llash orqali o‘qitish samaradorligini oshirish va talabalar bilimini chuqurlashtirish mumkinligi ko‘rsatilgan. Mazkur maqola axborot xavfsizligi sohasida ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, pedagoglar va mutaxassislar uchun metodik ko‘rsatmalar beradi.
Axborot tizimlari xavfsizligi, o‘qitish metodikasi, kiberxavfsizlik, amaliy mashg‘ulotlar, gamifikatsiya, problem-based learning, axborot xavfsizligi tahdidlari, laboratoriya mashg‘ulotlari, simulyatsiya, ta'lim texnologiyalari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.