Yosh olimlar 3-jild 15-son (2025) · 22–25-betlar

ZAMONAVIY O‘QITUVCHI PORTFOLIOSINI O‘RGANISH VA TAHLIL QILISH

Jumanova, Sitora, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba

DOI: 10.70413/yo-v03-i15-p1-004 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy o‘qituvchi portfeliosining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. O‘qituvchining portfeliosi uning kasbiy faoliyatini baholash, o‘z-o‘zini tahlil qilish, pedagogik yondashuvlarni yangilash va rivojlantirishda samarali vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘qituvchilarning portfeliolarini to‘ldirish va ularni baholash jarayonidagi metodik yondashuvlar, xorijiy va o‘zbek olimlarining tadqiqotlari asosida o‘qituvchining professional o‘sishi va ta’lim samaradorligi bilan bog’liq fikrlar keltirilgan. Tadqiqotda, portfelioning o‘qituvchining metodik va psixologik malakasini rivojlantirishdagi roli, shuningdek, o‘qituvchining dars jarayonidagi yutuqlari va kamchiliklarini tahlil qilish imkoniyatlari muhokama qilinadi. Ushbu maqola ta’lim sohasida ishlaydigan mutaxassislar, o‘qituvchilar va ta’lim tashkilotlari uchun amaliy tavsiyalar beradi.

Zamonaviy o‘qituvchi, portfelio, kasbiy rivojlanish, metodik yondashuv, pedagogik faoliyat, o‘qituvchining malakasi, ta’lim samaradorligi, innovatsion usullar, o‘qituvchi portfeliosi.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.