Yosh olimlar 3-jild 15-son (2025) · 36–41-betlar
INFORMATIKA XONASIDA BOSHQA FANLARNI O‘QITISHNI TASHKIL ETISH
Kenjayeva, Shohista, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba
DOI: 10.70413/yo-v03-i15-p1-007 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada informatika xonasida boshqa fanlarni o‘qitishning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolamda , o‘qituvchilarni axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish, raqamli platformalardan foydalanish, guruh ishlari va interaktiv sinovlar orqali o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishga qaratilgan takliflarni o‘z ichiga oladi. Informatika va boshqa fanlarni integratsiyalashgan tarzda o‘qitish, o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantiradi. Darslarda onlayn resurslar va simulyatsiyalarni qo‘llash, o‘quvchilarning faolligini va motivatsiyasini oshiradi, bu esa ularning o‘rganish samaradorligini sezilarli darajada yaxshilaydi. Shuningdek, texnik infratuzilmani mustahkamlash, o‘qituvchilarni malaka oshirishga yo‘naltirish, hamkorlik va guruh ishlari orqali o‘quvchilarning jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid takliflar ham keltirilgan.
Informatika, interfaol metodlar, axborot texnologiyalari, boshqa fanlar, integratsiyalashgan o‘qitish, raqamli platformalar, guruh ishlari, onlayn resurslar, simulyatsiyalar, ta'lim samaradorligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.