Yosh olimlar 3-jild 15-son (2025) · 87–90-betlar

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA AXBOROT SAVODXONLIGINING O‘RNI

Ro‘ziqulova, Marjona, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muxiba

DOI: 10.70413/yo-v03-i15-p1-017 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanining ta’lim tizimidagi o‘rni, uning talabalarga axborot savodxonligini oshirishdagi ahamiyati va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash masalalari yoritiladi. Mualliflar A. Abdullayev, T. Kamilov, Warschauer va Selwynning ilmiy asarlariga asoslanib, axborot texnologiyalarining jamiyat va ta’lim tizimidagi rolini, shuningdek, axborot savodxonligining talabalar uchun zaruriy ko‘nikma sifatida rivojlanishini ko‘rsatadi. Maqolada axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi va bu jarayonda o‘quvchilarning innovatsion fikrlash va texnologik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar taqdim etilgan. Shuningdek, axborot savodxonligi darajasi past bo‘lgan o‘quvchilar uchun yuzaga keladigan muammolar va bu sohada qo‘shimcha e’tibor berish zarurligi ham ta’kidlab o‘tilgan. Maqola axborot texnologiyalarini ta’limda samarali qo‘llash va axborot savodxonligini rivojlantirishning ahamiyatini o‘rganadi.

Informatika, axborot texnologiyalari, axborot savodxonligi, raqamli ko‘nikmalar, texnologik bilimlar, pedagogik metodlar, innovatsion fikrlash, axborot manbalari.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.