Yosh olimlar 3-jild 16-son (2025) · 140–142-betlar

PANDEMIYA SABOQLARI: VIRUSALOGIYADAGI YANGI YONDASHUVLAR

Moʻminov, Azamat, Ikromova, Dilafruz

DOI: 10.5281/zenodo.15493498 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada so‘nggi yillarda dunyoni larzaga solgan COVID-19 pandemiyasi virusologiya sohasiga qanday ta’sir qilgani tahlil qilinadi. Pandemiya ilm-fan, sog‘liqni saqlash tizimi va xalqaro hamkorlikda tub burilishlarga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, viruslarni aniqlash, ularga qarshi vaksinalar yaratish va global monitoring tizimlarini takomillashtirishda yangi texnologiyalar va yondashuvlar shakllandi. Maqolada genom tahlili, sun’iy intellektdan foydalanish, vaksina ishlab chiqishdagi mRNA texnologiyasi, shuningdek, biosurveillans (biologik monitoring) tizimlarining ahamiyati va istiqbollari yoritiladi. Shuningdek, pandemiyaning ilmiy tadqiqotlar va siyosiy qarorlar orasidagi muvozanatga ta’siri ham ko‘rib chiqiladi.

Pandemiya, virusologiya, COVID-19, mRNA vaksinalar, genom tahlili, sun’iy intellect, biosurveillans, epidemiologiya, sog‘liqni saqlash, ilmiy innovatsiyalar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.