Yosh olimlar 3-jild 17-son (2025) · 51–52-betlar

KIMYOVIY QO‘SHIMCHALAR VA ULARNING KERAMZIT BETON TARKIBI VA XOSSALARIGA TA'SIRI

Raximov, Shavkat, Alimov, Adhambek

DOI: 10.70413/yo-v03-i17-p1-015 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy qurilish materiallari sifatida keng qo‘llanilayotgan keramzit betonning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash maqsadida kimyoviy qo‘shimchalarning ta’siri o‘rganildi. Ishning asosiy maqsadi — turli turdagi kimyoviy qo‘shimchalar yordamida keramzit betonning mustahkamlik, suv singdiruvchanlik, zichlik kabi asosiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash yo‘llarini aniqlashdir. Tadqiqot davomida plastiklashtiruvchi, suvni kamaytiruvchi va tezlashtiruvchi turdagi qo‘shimchalar sinovdan o‘tkazildi hamda ularning beton tarkibiga optimal miqdorda qo‘shilishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Eksperimental natijalar shuni ko‘rsatdiki, to‘g‘ri tanlangan kimyoviy qo‘shimchalar yordamida keramzit betonning sifat ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirish mumkin. Mazkur ish natijalari qurilish sohasida energiya tejamkor, engil va mustahkam beton turlarini ishlab chiqish uchun amaliy ahamiyatga ega.

Keramzit beton, kimyoviy qo‘shimcha, beton tarkibi, fizik-mexanik xossalar, plastiklashtiruvchi, suvni kamaytiruvchi qo‘shimchalar, zichlik, mustahkamlik, suv singdiruvchanlik, energiya tejamkor materiallar, eksperimental tadqiqot.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.