Yosh olimlar 3-jild 17-son (2025) · 126–128-betlar
MAVZU ASOSIDA IJODIY MATN TUZISH (INSHO YOZISH) KO`NIKMASINI SHAKLLANTIRISH
Yusupova, Sanobar, Beknazarova, Sabina
DOI: 10.5281/zenodo.15527367 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
O`quvchilarning erkin mavzu bo`yicha matn yaratishga maxsus tayyorlanilishi maqsadga muvofiqligi, bu jarayonda ularning ijodiy fikrlariga keng imkoniyatlar yaratilishi haqida fikrlar bayon etiladi. Berilgan ma`lum bir mavzu asosida matn tuzishga o`rgatish o`quvchining ijodiy erkinligini ma`lum darajada cheklaydi. Biroq bu cheklanish nisbiy bo`lib, faqat tahlil doirasidagina chegaralanadi. O`quvchining mavzuga ijodiy yondashishi esa oydinlashadi va shu mavzu doirasidagi ijodiy fikrlashga keng imkoniyat yaratiladi. Fikr izchilligini saqlagan holda hodisalar o`rtasidagi bog`lanishlarni mantiqan to`g`ri ifodalashga keng yo`l ochib beradi. Masalan, «Mening shahrim» mavzusida matn tuzish uchun o`quvchining e`tibori shahar tarixiga, tarixiy obidalarga, xiyobonlar-u bog`larga, ko`chalar, mavzelar, muzey, teatrlar, oliy o`quv yurtlari, shag`ar transporti kabilarga qaratiladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.