Yosh olimlar 3-jild 18-son (2025) · 17–21-betlar
KO‘P TILLILIK MUHITIDA O‘ZBEK TILINI O‘RGATISH STRATEGIYALARI
Tojiboyeva, Mahbuba, Yusupova, Tursunoy
DOI: 10.70413/yo-v03-i18-p1-004 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Mazkur maqolada ko‘p tillilik muhitida o‘zbek tilini o‘rgatish strategiyalari tilshunoslik yondashuvi asosida ilmiy tahlil qilinadi. Ko‘p tillilik sharoitida til o‘rganish jarayonida yuzaga keladigan fonetik, grammatik, leksik-semantik, lingvomadaniy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. O‘zbek tilini o‘rgatishda integrativ, kommunikativ, interfaol va individual yondashuvlar asosida ishlab chiqilgan samarali metodlar va texnologik vositalar tahlil qilinadi. Maqola yakunida o‘zbek tilini ko‘p tilli muhitda o‘rgatish samaradorligini oshirishga doir amaliy takliflar ilgari suriladi. Tadqiqot tilshunoslik va pedagogika sohalari tutashgan nuqtada olib borilgan bo‘lib, o‘zbek tilini o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, o‘qituvchilar va til siyosati ishlab chiquvchilar uchun foydalidir.
o‘zbek tili, ko‘p tillilik, tilshunoslik, interferensiya, o‘qitish strategiyalari, kommunikativ yondashuv, lingvomadaniyat.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.