Yosh olimlar 3-jild 18-son (2025) · 90–96-betlar

YUSUF XOS HOJIBNING SIYOSIY – AXLOQIY QARASHLARI “QUTADG’U BILIG”DA

Kamolova, Sarvinoz, Muxamedov, Asror

DOI: 10.70413/yo-v03-i18-p1-021 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Yusuf Xos Hojib jahonning ulug‘ adiblari bilan bir qatorda turadigan, jahondagi ijtimoiy-siyosiy hamda badiiy-estetik tafakkur tarixi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ijodkordir. Adibning nodir iste’dodi natijasi bo‘lgan «Qutadg‘u bilig» faqat XI asrning emas, balki butun turkiy adabiyot tarixining ham eng nodir va porloq badiiy durdonasidir. U yozma adabiyotimiz tarixidagi ilk yirik asar namunasidir. Adib bu bilan turkiy o‘gitnoma – didaktik yo‘nalishni nihoyatda yuqori darajaga olib chiqdi. Shunga ko’ra u yaratgan «Qutadg’u bilig» asari ta’lim-tarbiya tarixi, uning nazariy masalalari, komil insonni shakllantirishda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. «Qutadg’u bilig» asarida hokimiyat qoraxoniylar qo’liga o’tishi munosabati bilan ta’lim va tarbiyaning ham hokimiyatni mustahkamlash va taraqqiy ettirish uchun xizmat etadigan o’ziga xos talab va tamoyillarni belgilash zarur edi. Shuning uchun ham mazkur asar didaktik, ya’ni ta’limiy-axloqiy uslubda yozildi.

Falsafiy qarashlar, ijtimoiy davlat, konsepsiya, ijtimoiy adolat, rahbar, bilim, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy qarashlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.