Yosh olimlar 3-jild 18-son (2025) · 123–125-betlar
MAHMUD KOSHG‘ARIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI
Ibragimova, Maftuna, Dadomatov, Muzaffar
DOI: 10.70413/yo-v03-i18-p1-029 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
O‘rta asr Sharq ilm-fani va madaniyati turli sohalarda yuksak taraqqiyotga erishgan. Ayniqsa, tilshunoslik, tarix, madaniyatshunoslik kabi yo‘nalishlarda chuqur ilmiy asarlar yaratildi. Ushbu yo‘nalishlarning taraqqiyotida turkiy tillar tarixida muhim o‘rin tutgan allomalardan biri — Mahmud Koshg‘ariy bo‘lib, u XI asrda yashab, o‘zining noyob asari “Devonu lug‘otit-turk” orqali ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. Bu asar turkiy tillarning ilk yozma lug‘ati bo‘lishi bilan birga, tarix, etnografiya, madaniyat, urf-odatlar, harbiy ishlar, hatto geografik ma’lumotlarni ham o‘zida jamlagan ensiklopedik asar sifatida qadrlanadi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.