Yosh olimlar 3-jild 18-son (2025) · 137–140-betlar
AMILOIDOZ PATOGENEZI, KLINIKASI, TASHXISLASH VA DAVOLASH USULLARI
Isroilov, Asilbek, Botirxonov, Sayfulloxon
DOI: 10.5281/zenodo.15550190 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu maqolada amiloidoz kasalligining patogenezi, klinik ko‘rinishlari, tashxislash usullari hamda zamonaviy davolash yondashuvlari tibbiyot talabalariga mo‘ljallangan tarzda batafsil yoritilgan. Amiloidoz — bu amiloid deb ataluvchi patologik oqsil moddasining organ va to‘qimalarda to‘planib, ularning normal faoliyatini izdan chiqaruvchi tizimli kasallikdir. Patogenezda asosan plazma hujayralarining disfunksiyasi, yallig‘lanishli sitokinlar va genetik predispozitsiya muhim rol o‘ynaydi. Maqolada kasallikning morfologik belgilariga, ayniqsa buyraklar, yurak va jigar kabi hayotiy muhim organlarda kuzatiladigan o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Klinika turli xil bo‘lishi mumkin: proteinuriya, yurak yetishmovchiligi, shishlar, og‘iz qurishi, diareya yoki nevropatiya kabi belgilar kuzatiladi. Tashxislashda biopsiya va maxsus bo‘yoqlar bilan histologik tekshiruv, shuningdek, serum amiloid komponentlarini aniqlovchi biokimyoviy testlar muhim ahamiyatga ega. Davolashda asosiy maqsad — amiloid sintezini kamaytirish, asosiy sababni bartaraf etish va simptomatik terapiya qo‘llashdan iborat. Ushbu maqola patologik anatomiya faniga asoslangan holda yozilgan bo‘lib, tibbiyot talabalari uchun amiloidozni tushunishda muhim o‘quv-uslubiy manbadir.
amiloidoz, amiloid oqsili, patogenez, klinik ko‘rinish, histologiya, tashxis, biopsiya, buyrak yetishmovchiligi, yurak patologiyasi, davo yondashuvlari.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.