Yosh olimlar 3-jild 19-son (2025) · 36–38-betlar
GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARI (GIS) ORQALI EKOLOGIK MONITORINGNI O‘RGANISH METODIKASI
Qudratov, Shahboz
DOI: 10.70413/yo-v03-i19-p1-011 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Ushbu tezisda geografik axborot tizimlari (GIS) asosida atrof-muhit monitoringini o‘rganishning ilmiy-nazariy tamoyillari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda masofadan zondlash, yer usti kuzatuv stansiyalari va ijtimoiy geoma’lumotlar integratsiyasi yo‘lga qo‘yilib, Zarafshon–Qashqadaryo havzalari misolida sinovdan o‘tkazildi. Modellash jarayonida ochiq Sentinel-2 tasvirlari, Landsat 8 OLI/TIRS ma’lumotlari hamda mahalliy ekostansiyalardan olingan atmosfera parametrlari GeoServer platformasida birlashtirildi. Analitik blok sifatida Google Earth Engine va ArcGIS Pro muhiti tanlanib, o‘rmon degradatsiyasi indekslari, suv sifati ko‘rsatkichlari va aerozol optik qalinliklari dinamikasi tahlil qilindi. Natijalar invasiv o‘simliklar areali 2017–2024 yillarda 14,6 % ga kengayganini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi hududlarida yer namligi ko‘rsatkichlari o‘rtacha 9 % ga pasayganini ko‘rsatdi. Muhokamada GIS-monitoringning rejalashtirish, qaror qabul qilish va ekologik xavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqishdagi o‘rni yoritildi. Xulosa sifatida integratsiyalashgan GIS metodikasi ekologik jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatish, antropogen bosimni erta aniqlash va barqaror boshqaruv choralarini belgilashda samarali vosita bo‘lishi isbotlandi.
atrof-muhit monitoringi, GIS, masofadan zondlash, geoanalitika, barqaror rivojlanish, ekoinformatsion tizim.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.