Yosh olimlar 3-jild 2-son (2025) · 18–21-betlar
SSM PLATFORMALARI BILAN TANISHISH. INSTAGRAM TARMOGʻI
Shavkatova, Sevinch, Nurullayeva, Malika, Yaxiyoxonova, Muhiba
DOI: 10.5281/zenodo.14645184 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
“SMM tarmoqlari bilan tanishish. Instagram tarmog‘i” mavzusiga bag‘ishlangan ushbu ish ijtimoiy media marketingi (SMM) sohasi va uning imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Bugungi kunda SMM ko‘plab bizneslar va brendlar uchun asosiy marketing kanallaridan biriga aylangan bo‘lib, uning samarali ishlashi orqali keng auditoriyaga yetib borish va maqsadli mijozlarni jalb qilish imkoniyati yaratiladi. Ishda Instagram tarmog‘i orqali SMM yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari yoritiladi. auditoriyaga qanday murojaat qilish, interaktiv kontent yaratish va uni samarali tarzda taqdim etish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ishda Instagramdagi reklamalar, xashtaglardan to‘g‘ri foydalanish, postlar va hikoyalar yordamida foydalanuvchilar bilan muloqotni mustahkamlash strategiyalari tahlil qilinadi. Instagram platformasining doimiy rivojlanib borishi va yangi funksiyalar qo‘shilishi uning biznes uchun ahamiyatini yanada oshiradi. Shu bois ushbu ish nafaqat SMM bilan yangi tanishayotgan mutaxassislar, balki Instagram orqali o‘z biznesini rivojlantirishni istagan tadbirkorlar uchun ham qiziqarli va foydali bo‘lishi mumkin.
SMM, Instagram marketing, kontent, Instagram algoritmi, hashtag strategiyasi, brend targ'iboti, maqsadli marketing, vizual kontent, post va hikoyalar, influencer marketing, interaktiv muloqot, biznes profili, Instagram analitikasi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.