Yosh olimlar 3-jild 2-son (2025) · 22–26-betlar

SMM PLATFORMASI BILAN TANISHISH. TELEGRAM TARMOGʻI

Shahriyorova, Gulnoza, Nurullayeva, Malika, Yaxiyaxonova, Muhiba

DOI: 10.5281/zenodo.14645210 · Manbada o'qish →

Annotatsiya

Ushbu maqola “SMM platformalari bilan tanishish: Telegram tarmog’i” mavzusini o’rganadi, unda Telegramning ijtimoiy media marketingdagi (SMM) ahamiyati va strategiyalari keng yoritiladi. Telegram – bu zamonaviy aloqa va ijtimoiy tarmoq platformasi bo’lib, turli xil kommunikatsiya va reklama imkoniyatlarini taqdim etadi. Dastlab, Telegramning asosiy xususiyatlari va afzalliklari haqida so’z boradi. Foydalanuvchiga yo’naltirilgan interfeysi, yuqori xavfsizlik darajasi va tezkor muloqot imkoniyatlari uni boshqa ijtimoiy tarmoqlardan ajratib turadi. Maqolada Telegramdagi kanallar va guruhlar orqali marketing strategiyalarini ishlab chiqish ko’rsatmalari muhim o’rin tutadi. Kanallar brend yoki mahsulot haqidagi yangiliklarni tarqatish uchun keng foydalaniladi, guruhlar esa muloqotni faollashtirish imkonini beradi. Foydalanuvchilarning real vaqt rejimidagi fikr va takliflarini olish orqali kompaniyalar nafaqat mijozlar bilan aloqani mustahkamlaydi, balki bozor talablarini ham o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shuningdek, maqolada sifatli kontent ishlab chiqishning ahamiyati ta’kidlanadi.

marketing, telegram, SMM (Ijtimoiy Media Marketing ), brend, mijoz, kontent, muloqot, reklama, avtomatlashtirish, jalb qilish, targ’ibot, gruppalar, kanallar, botlar.

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.