Yosh olimlar 3-jild 2-son (2025) · 79–82-betlar
XX ASR BOSHLARIDA QO‘QON JADIDLARINING ISLOHOT YO‘LIDAGI URINISHLARI
Mirzamidinova, Shahnoza
DOI: 10.70413/yo-v03-i02-p1-020 · Manbada o'qish →
Annotatsiya
Yurtimiz tarixida XIX asr oxiri va XX asr boshlari alohida ahamiyatga ega bir davr hisoblanadi. Chunki bu davrda millatimizni ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan uyg‘otishga qaratilgan jadidchilik nomi ostida katta kuch harakatga keldi. Jadid bobolarimizning eng muhim g‘oyasi va vazifasi ilmsizlikka mahkum bo‘lgan xalqni chin ma’noda yorug’likka olib chiqish, savodsizlik zulmatida qolgan avlodga ilm-ma’rifat ziyosini yetkazish edi. Buni Qo‘qondagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, Ashurali Zohiriyning “Bilsangiz bu kungi kunda ilm maorif yo‘liga qo‘lingizdan kelgan yordamingizni ayamang, darig‘ tutmang. O‘qiydirg‘on o‘g‘lingiz bo‘lsin, bo‘lmasin ilm maorifga yordamni unutmang!” degan so‘zlari ham tasdiqlaydi.
Turkiston, jadidchilik, madaniyat va ma’rifat, maorif, no‘g‘ay maktablari, yangi usul maktablari, mustamlakachilik siyosati, siyosiy mafkura, til, tarix, matbuot, adabiyot.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex to'liq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.